Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda rasman koronavirus qayd etilganlar soni 57 646 nafarga yetdi
2.10.2020 18:11,  
171

2020 yil 2 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 646 (+192) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 156 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

  • Toshkent shahrida 212 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 91 nafar, 
  • Buxoro viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 20 nafar, 
  • Andijon viloyatida 12 nafar,  
  • Jizzax viloyatida 12 nafar,  
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, 
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 54 338 (+383) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 834 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан