Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda robot xizmatkor yaratildi
30.07.2020 16:38,  
188

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari hamkorlikda NovAssistant universal robotini yaratdilar. Bu to‘g‘rida vazirlik o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

Bu – Innovatsion rivojlanish vazirligi yangi binosida tashkil etilgan robototexnika laboratoriyasi mutaxassislari ko‘magida amalga oshirilgan ilk loyihadir. Robotni yaratgan jamoa a’zolari – Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po‘latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (konstruktor), Saidaloxon Ergashxo‘jazoda (mexanik) talabalar bo‘lib, ular 19-20 yoshli yigitlar ekanligi diqqatga sazovordir. 

Mazkur universal robotning yaratilishi tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi, shuningdek imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish o‘rinlarining ko‘payishiga xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda o‘z hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda ko‘makchi sifatida ishlatish mumkin.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Buyurtmachining istak-xohishiga ko‘ra mazkur robotni istagan ko‘rinishda yasash mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qo‘shimcha funksiyalarni ham qo‘shib yaratish imkoniyati mavjud. Robotni ilova orqali yoki ovoz bilan boshqarish mumkin.

Mazkur loyihani rivojlantirish orqali robot assistentlarini joriy etilishi yurtimizning xizmat ko‘rsatish sohalari jozibadorligini Oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy robotlarning keng tatbiq qilinishi yoshlarda robototexnikaga, muhandislik sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Robototexnika sohasida importni kamaytirib, ichki ishlab chiqarish hajmlarini kengaytiradi.

Bunday robotlarning xorijdagi narxi o‘rtacha narxi 180 mln. so‘mga to‘g‘ri kelsa, milliy xizmatchi robotlarimizning o‘rtacha narxi komplektatsiyasiga qarab 25–45 mln. so‘mni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан