Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish kengaytiriladi
10.09.2020 15:58,  
210

Avval xabar qilganimizdek, «Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga (vazirlik) bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi va «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tugatildi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublika OTMning «5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)» hamda «5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

2020 yil 1 dekabrga qadar oziq-ovqat texnologiyalari sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan talabalarning amaliyotlarini o‘tash yuzasidan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish choralari ko‘riladi.

Qarorga muvofiq, shuningdek:

- 2021 yil 1 yanvarga qadar respublikada qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud ichki talabni hisobga olgan holda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturi;

- 2021 yil 1 martga qadar meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан