Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda saylov tashviqoti uchun xususiy mablag‘larni ishlatishga ruxsat beriladi
21.05.2020 15:26,  
93

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, qonunchilikka quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda:

- Muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasini dekabr oyidan mart oyiga ko‘chirish;

- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga ham saylash huquqini berish;

- Bo‘shagan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkazish uchun aniq muddatlarni belgilash;

- Parlamentda o‘z fraksiyasiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar uchun (kamida 9 ta deputatlik o‘rni) saylovlarda ishtirok etish uchun saylovchilarning qo‘llab-quvvatlovchi imzolarini (parlament saylovida 40 mingta, prezidentlik saylovida saylovchilarning 1 % miqdorida) to‘plashi shart emasligi to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish;

- Saylov byulletenining matnini soddalashtirish, xususan byulleten matnidan nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyi haqidagi ma’lumotlarni chiqarib tashlash;

- Okrug saylov komissiyasi tomonidan okrug bo‘yicha saylov natijalari to‘g‘risida bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun OSK binosiga kamida 48 soat muddatga darhol osib qo‘yish lozimligi to‘g‘risidagi tartibni belgilash;

- Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatini 10 kundan 3 kunga qadar qisqartirish;

- Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirishda davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda xususiy mablag‘larni jalb qilishga ruxsat berish;

- Tashqi reklama vositalarida siyosiy partiyalar va nomzodlarga bepul joy ajratilish amaliyotidan voz kechish;

- Saylov kuni va ovozlarni sanab chiqish jarayonida saylov uchastkalari va okrug saylov komissiyalarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasini belgilash;

- Ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash tartibini, barcha qadamlarni bayon etgan holda soddalashtirish. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан