Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda sof foydasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik soliq to‘lovchilar nechtaligi ma’lum qilindi 
24.04.2020 15:22,  
1434

Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Yirik soliq to‘lovchi kategoriyasi har bir joyga qarab belgilanadimi? Joylarning iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari farqlanadi-ku?

Javob: Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida“gi Nizom tasdiqlangan (Adliya vazirligida 12.07.2019 y, 3172-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda — sof tushumi 100 milliard so‘m va undan oshgan yuridik shaxslar o‘tgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.

Mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar soni — 779 tani (filiallarni hisobga olmagan holda) tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан