Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda soliq ma’murchiligiga oid barcha o‘zgarishlar to‘xtatib turiladi
24.03.2022 07:55,  
248

Uning aytishicha, iqtisodiy vaziyatning byudjetga ta’siri hisob-kitob qilingan. 

“Topshiriq olindiki, tasdiqlangan byudjet taqchilligini saqlab qolish, ya’ni ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Ish haqi, pensiya, nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lab borish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Soliq ma’murchiligiga oid barcha o‘zgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan ish olib boriladi”, deydi moliya vaziri. 

Qayd etilishicha, byudjet resurslaridan moliyalashtiriladigan ipoteka va ta’lim kreditlari foiz stavkalari ko‘tarilmaydi.

“Markaziy bank tomonidan asosiy stavkani oshirish chorasi tashqi omillar ta’sirida vaqtinchalik instrument sifatida ko‘rilyapti. Bizda ikkita yirik dastur bor: ipoteka va ta’lim krediti. 

Tijorat banklaridan ipoteka bo‘yicha 20 yilga, ta’lim krediti bo‘yicha 7 yilga resurslar davlat byudjetidan banklarga ajratiladi. Markaziy bank stavkasi bunga bog‘langan edi. Qonunchilik bo‘yicha resurslar uch foiz bandga va bankdan ajratilgan kreditlar ham uch foiz bandga oshishi kerak edi. Lekin yil oxirigacha bu chorani qo‘llamaslik topshirig‘i berildi”, deydi Timur Ishmetov.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev hukumatga bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан