Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda avtomobillar gaz balloni portlashidan necha kishi vafot etgani ma’lum qilindi
10.01.2022 21:21,  
218

O‘zbekistonda oxirgi besh yil mobaynida avtomobillarga o‘rnatilgan ballonlarning portlashi oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro og‘ir tan jarohatlari olgan. Bu haqda Bug‘ qozonlari, ko‘tarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mas’ul xodimi Jamshid Usmonov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda mamlakatda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qurilgan 1200 dan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) va 800 dan ortiq avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchalari (AGQSh) faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchi bir nechta tashkilot mavjud.

Qo‘mita tomonidan gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish vakolatini beruvchi 150 ta korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan. 2022 yilga qadar 1 million 570 mingdan ortiq avtotransport vositalarida 2,5 milliondan ortiq metan gaz va 200 mingdan ortiq avtotransport vositalarida suyultirilgan gaz yoqilg‘isida ishlashga moslashtirilgan gaz ballonlari o‘rnatilgan.

«Biroq bugungi kunda O‘zbekistonda ba’zi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sinovdan o‘tkazilmagan gaz ballonlaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Ba’zi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari tomonidan gaz ballon bilan jihozlangan avtomobillarga me’yoridan ortiq gaz to‘ldirish kabi qonunbuzarlik holatlari qayd qilinmoqda. Buning oqibatida oxirgi besh yil mobaynida avtomobillarga o‘rnatilgan ballonlarining portlashi bilan bog‘liq 3 ta favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro og‘ir tan jarohatlari olgan», — deydi Usmonov.

Tahlillarga ko‘ra, avtomobil ballonlarining portlashiga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:

sifatsiz (metallokompozit) ballonlardan foydalanish;

ballonlarni ishlab chiqarish jarayonida texnologik kamchiliklar;

avtomobillarga ballonlarni o‘rnatish va sinov ishlarining sifatsizligi;

avtomobillarga siqilgan gaz quyishda ruxsat etilganidan ortiqcha bosimda gaz quyilishi.

«Aytilgan barcha jarayonlarda inson omili ishtiroki oqibatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va hozirgi holatda bu jarayonlarni doimiy nazorat qilish imkoniyati mavjud emasligi muammoni chuqurlashtirmoqda», — deya ta’kidlaydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан