Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida korrupsion jinoyatlar oqibatida qancha byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
9.02.2021 12:56,  
133

O‘zbekistonda oxirgi ikki yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida 371 milliard so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu qilmishlar uchun 2477 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Hisob palatasi tomonidan tuzilgan respublika va hududiy ishchi guruhlari qurilish, kommunal xo‘jaligi va yo‘l qurilishi sohalarida qonuniylik qanday ta’minlanayotganini o‘rganmoqda.

Jumladan, prokurorlar tomonidan qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida 452 ob’yektda tekshirish o‘tkazilgan.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlariga 46 taqdimnoma kiritilgan. 337 nafar shaxs ma’muriy va 22 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Kelgusida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida 126 nafar mansabdor shaxs yozma ravishda ogohlantirilgan.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, 1379 yangi ob’yektning loyiha hujjati qayta ko‘rib chiqilganda dastlabki qiymatga nisbatan 1,5 trillion so‘m yoki 22 foiz xarajatlar ortiqcha va asossiz kiritilgani aniqlanib, qisqartirilgan.

Bundan tashqari, Hisob palatasi tomonidan bugungi kunda jami 82 ob’yektda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha tekshirish o‘tkazilib, 66 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchilik mavjudligi aniqlangan.

Shu bilan birga, 23 milliard so‘mlik 21 ob’yektni qurish yuzasidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘tkazilgan tender va tanlovlarda buyurtmachi va pudratchilar o‘rtasida qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Tekshirishlarda aniqlangan jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 111 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari qat’iy nazoratga olindi va ayni paytga kelib 24 jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilib, aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.

Ushbu toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlariga 260,7 milliard so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, uning 47,6 milliard so‘mi undirilgan.

Yetkazilgan zararlarni ixtiyoriy to‘lamasdan kelayotgan, tergov va suddan yashirinishi ehtimoli bo‘lgan 36 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан