Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda sutkalik koronavirus aniqlanish holatlari 300 ga yaqinlashdi
3.07.2020 06:23,  
381

Shu yilning 2 iyul kuni mamlakatimizda 297 holatda kasallik qayd etildi. Bu sutkalik yangi antirekord sanaladi. Mamlakatimizda oxirgi 10 kundan beri yangi kasallanishlar soni +200 ni tashkil qilmoqda. O‘tgan to‘rt kun mobaynida koronavirus 8000 dan 9000 ga ko‘paydi. 

Hozir O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 9078 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlari 

  • 183 nafari Karantin muassasalarida;
  • 113 nafari aholi orasida (shundan 67 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafardan Sirdaryo viloyatida);
  • 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlandi.
Manba: Sog‘liqni saqlash vazirligi 

 

2 iyul, payshanba kuni yurtimiz tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 130 nafar, Qashqadaryo viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан