Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda talabalar uylari qurilishi mumkin
28.01.2021 08:46,  
150

Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalar uylari tashkil etish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Oxirgi 4 yilda OTMlar soni 47taga ortdi. Bugungi kunda 129ta OTMda 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olyapti. Lekin poytaxtning o‘zidagi jami 85ta talabalar uyida atigi 13 foiz yoshlar turar-joy bilan ta’minlangan.Yoki 18 ming talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 600 o‘rinli yotoqxona mavjud- deya xabar bermoqda "Kun.uz".

Toshqulov va moliya vaziri Timur Ishmetovga yukladi.

Shu oy boshida Oliy ta’lim vazirligi rasmiylari  ma’lum qilgandiki, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanishi ko‘rsatkichini 2020/21 o‘quv yili oxirigacha 35–36 foizga, 2025 yilgacha 50 foizga yetkazish mo‘ljal qilingan.

Bunda TTJlar davlat-xususiy sherikchiligi asosida quriladi.

«Bu borada 2021–2025 yilga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqib, taklif sifatida kiritdik. Bu tasdiqlanadigan bo‘lsa, 2021 yilning o‘zida 21ta TTJ quriladi va qo‘shimcha 8200 talaba yotoqxona bilan ta’minlanadi», – degandi vazirlik boshqarma boshlig‘i Otabek Bazarov.

Uning aytishicha, 2030 yilgacha motel va hosteller ham qurilib, ularning hisobiga talabalarning 90 foizga yaqini turar joyga ega bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан