Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ta’lim sifati talablariga javob bermagan 55 ta maktab attestatsiyadan o‘tmadi
4.06.2020 12:35,  
516

2020 yilda 858 ta maktablar attestatsiyadan o‘tkazildi. Attestatsiyadan o‘tgan maktablarning 803 tasi (93,5%) akkreditatsiyalandi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, belgilangan ta’lim sifati talablariga javob bermaganligi uchun 55 ta (6,5%) maktab attestatsiyadan o‘tmadi va akkreditatsiyalanmadi.

Attestatsiyadan o‘tmagan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligiga 3 ta taqdimnoma kiritildi. Maktablar faoliyatida aniqlangan 7657 ta kamchiliklar bartaraf etildi.

Attestatsiya davomida bitiruvchi o‘quvchilaridan nazorat ishlari olindi, shuningdek pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan maktab faoliyatini baholash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi.

12708 nafar o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlari tahlil qilindi.

Dars tahlili natijalariga ko‘ra:

  • Faoliyati o‘rganilgan o‘qituvchilarning 1527 nafari (12%) dars jarayonida o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanmagan;
  • Ularning 890 nafari (7%) dars jarayonini hayotga bog‘lagan holda (kompetensiyaviy yondashuvlar asosida) tashkil etmagan;
  • 763 nafari (6%) dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishiga erisha olmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан