Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda telekanallar faoliyati bir muddatga to‘xtatiladi
1.11.2021 22:20,  
493

Qayd etilishicha, to‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Qaysi viloyatda qachon profilaktika amalga oshirilishini ushbu havola orqali bilib oling. 

“RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari joriy yilning 1-23 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1-23 noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha teleuzatkichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu muddat oralig‘ida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi – “RRTM” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан