Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda tez yordam xizmati nega kechikib keladi?
2.01.2021 09:43,  
103

Hayot sinov va tasodiflardan holi emas. Kutilmaganda ro‘y beradigan baxtsiz hodisalar, favqulodda holatlar paytida yoki kasalliklar huruj qilganda har qanday inson shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda shakllangan zamonaviy tibbiy yordam tizimi xalqimizga tezkor va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoqda. Keyingi yillarda ushbu tizimning moddiy-texnik bazasi takomillashmoqda. 

Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligi, sifat va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Biroq, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarga qaramay, sohada hali qator o‘ylantiradigan masalalar ham yo‘q emas. Masalan, ba’zi hollarda chaqiriq joyiga “tez yordam”ning kechikib borishi ana shunday masalalardan biridir.

Jumladan, joriy yilning 11 oyi davomida umumiy murojaatlarning 2,3 foiz holatlarda chaqiriqqa kechikib kelish holatlari yuz bergan. To‘g‘ri, bu foiz o‘tgan yillardagi bu boradagi ko‘rsatkichlarda ancha past. Ammo shu o‘rinda, xo‘sh, “103” xizmati xodimlar va ixtisoslashgan avtotransport vositalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, unda nega ba’zi hollarda tez yordam kechikadi, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. 

Mutaxassislarning fikricha, bunga bir tomondan murojaatlar soni ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan aksariyat holatlarda yo‘llarda “tez yordam” mashinasiga yo‘l berilmaslik, asossiz va yolg‘on chaqiriqlar bilan bog‘liq holatlar sabab bo‘lmoqda. Birgina joriy yilning 11 oyi davomida ushbu xizmatga 94 mingdan oshiq shoshilinch bo‘lmagan holatlardagi murojaatlar, 133 mingga yaqin natijasiz chaqiriqlar hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlardan 832 mingga yaqin qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan.

Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda yo‘llarda “tez yordam” mashinalari uchun alohida yo‘laklar barpo etilgan. Bu yo‘llar doimo ochiq turadi. Shu bilan birga, “tez yordam”ga yo‘l bo‘shatib berish bo‘yicha haydovchilarda shaxsiy mas’uliyat juda yuqori. 

Mamlakatimizda keyingi yillarda bunyodkorlik ishlari jarayonida bu masalalarga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli hol, albatta. Ammo qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ham talaygina. 

Chunki, yo‘llarimizda “tez yordam” mashinasiga yo‘l bermaslik holatlari hali ham tez-tez uchramoqda. Qachonki, mashina chaqiruv signalini yoqsagina, yo‘l bo‘shatilishi mumkin. 

Afsuski, chaqiruv signaliga parvo qilmaydiganlar ham yo‘q emas. Holbuki, bu hayotda hech bir inson tasodifiy baxtsiz hodisalardan, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuz berishidan               kafolatlanmagan"-deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborotida.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан