Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
21.09.2020 11:15,  
172

Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.

2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha bo‘lgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish nazarda tutilgan. 

Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga loyiha konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining lozim darajada bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklanadi.

Jamg‘armaning ijro etuvchi direktoriga:
- zarur hollarda, Jamg‘arma ijro etuvchi apparatining vaqtinchalik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
- jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlariga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan egallab turgan asosiy lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga ustama va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlarini belgilash huquqi beriladi.

— Davlat tibbiy sug‘urtasini respublikada joriy qilishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi xorijiy tajriba va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda tibbiy muassasalarni axborotlashtirish, tibbiy yordam ko‘rsatish yangi modelini va tibbiy muassasalarni moliyalashtirish yangi mexanizmlarini tadbiq etishni o‘z ichiga oladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish bo‘limi boshlig‘i Zoxid Ermatov.

Konsepsiyani amalga oshirish va tajriba-sinov loyihasi natijasida sog‘liqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish, tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish, aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish hisobiga raqobat muhitini rivojlantirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga erishish kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан