Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda tijorat banklari likvidligini oshirishga ruxsat berildi
6.04.2020 16:25,  
437

Markaziy bank Boshqaruvi 2020 yil 1 apreldan e’tiboran tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy makroiqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, bank tizimi likvidligini qo‘llab-quvvatlash va to‘lov tizimining barqaror ishlashini ta’minlashda majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish maqsadida 2020 yilning 1 aprelidan boshlab majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan amaldagi 0,25 o‘rtachalash koeffitsiyenti 0,35 gacha oshirildi.

Bunda majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini belgilash orqali Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdorining 35 foizini banklarning vakillik hisob varag‘ida qoldirishga ruxsat etiladi. Bu o‘z navbatida, tijorat banklarining likvidligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan majburiy rezervlari normativlari o‘zgarishsiz, milliy valyutadagi depozitlar uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlar uchun 14 foiz miqdorida qoldirildi.

Markaziy bank kelgusida bank tizimidagi likvidlikning joriy holati tahlilidan kelib chiqib, o‘rtachalash koeffitsiyentini bosqichma-bosqich oshirib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан