Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda turizm politsiyasi xodimlari yangi formaga ega bo‘ldi (foto)
10.10.2020 17:12,  
1227

Chet ellik turistlarning xavfsizligini ta’minlash, ular tashrif buyuradigan maskan, joylarda kerakli yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyat olib boradi.

Mazkur soha xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo‘lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e’tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi.

Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan edi. Urinishlar natijasi o‘laroq bugungi kunda yaratilib, xodimlar uchun taqdim etilgan forma kiyim-boshi mazkur yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан