Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
30.11.2021 21:24,  
53

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyalarini (QFES) qurish bo‘yicha e’lon qilingan tenderning birinchi bosqichida xalqaro kompaniyalardan 15 ta ariza kelib tushdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tender Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan uchta QFES qurishni nazarda tutadi.

Ta’kidlanishicha, tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va oshkoralik talablariga mos ravishda o‘tkaziladi. Unda qatnashishni xohlovchilarning barchasiga bepul kirish uchun malaka so‘rovi taqdim etilgan.

Tender komissiyasi ishtirokchilardan takliflarni olgandan so‘ng, qabul qilingan takliflarning to‘liqligi va izchilligini baholash uchun yuboriladi. Shundan so‘ng malakali ishtirokchilarning «qisqa ro‘yxati» e’lon qilinadi va ular tenderning ikkinchi bosqichiga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан