Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda uy-joy narxlari 2,3 foizga oshdi
29.10.2021 08:46,  
69

Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning uchinchi choragida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridagi narxlar o‘tgan chorakka nisbatan 2,3 foizga oshdi. Bu haqda «Spot» xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, uy-joy bozoridagi bu kabi qiziqish iqtisodiy tiklanishning davom etayotgani, daromadning o‘sishi, shuningdek, fuqarolarning ko‘chmas mulk ko‘rinishidagi jamg‘armalarini tejashga intilishi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, o‘sish sur’ati biroz sekinlashgan. Uchinchi chorakdagi narxlarning o‘rtacha o‘sishi (2,3 foiz) ikkinchi chorakka (5,7 foiz) nisbatan pastroq bo‘lgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning 14 ta hududidan 6 tasida narxlarning pasayishi kuzatilgan. Eng katta sho‘ng‘ish Xorazm viloyatida (-9,8 foiz) qayd etilgan.

Qayd etilishicha, bu tendensiya ba’zi hududlarda birlamchi bozorlarda uy-joy sotib olishning keng tarqalgani bilan bog‘liq.

Talab va ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishiga aholining jamg‘arma faolligi ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning sentyabr oyidagi inflyasion kutilmalar bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovida respondentlarning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i o‘z mablag‘ini ko‘chmas mulk ko‘rinishida saqlashni rejalashtirayotganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, uchinchi chorakda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizga o‘sgan. Biroq sentyabr oyida pasayish kuzatilib, avgust oyiga nisbatan 10 foizga kamroq shartnomalar tuzilgan. «Bu ko‘chmas mulk bozorida narxlarni yanada barqarorlashtirishning birinchi sharti bo‘lishi mumkin», — deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Qurilish bozoridagi o‘sish sur’ati uy-joy narxiga ta’sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, o‘sish 4,5 foizni tashkil etgan. Bu 2020 yil (8,6 foiz) va 2019 yil (24,2 foiz) ko‘rsatkichlaridan past.

Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda qurilish faolligining kuchayishi, yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar va yuqori transport xarajatlari tufayli qurilish materiallari narxi keskin ko‘tarilgan. O‘zbekistonda yanvar—sentyabr oylari davomida qurilish sohasidagi narx o‘rtacha 4,65 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан