Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda uy sharoitida koronavirusdan davolanayotganlar soni ma’lum qilindi
22.07.2020 15:46,  
799

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.

22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
  • Andijon viloyatida — 136,
  • Jizzax viloyatida — 22,
  • Navoiy viloyatida — 40,
  • Namangan viloyatida — 21,
  • Samarqand viloyatida — 96,
  • Sirdaryo viloyatida — 156,
  • Surxondaryo viloyatida — 101,
  • Qashqadaryo viloyatida — 21,
  • Toshkent viloyatida — 637,
  • Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda.

Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

5 iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi. Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан