Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda vaqtinchalik ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslikka va xorijliklar farzandlarini maktabga qabul qilmaslikka chaqirildi
2.03.2020 18:54,  
999

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida qator vazirlik, qo‘mita va agentliklar bilan hamkorlik qilib, ushbu muassasalar tasarrufidagi idora xodimlarini dunyodagi bugungi qaltis epidemik vaziyatdan ogoh etib, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

MAVZUGA DOIR: Koronavirus xavfi sabab Ozarbayjon barcha maktablarni yopdi

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, kuni kecha vazirlik mamlakatdagi mavjud 9950 ga yaqin umumta’lim muassasalarida tegishli sanitariya choralarni amalga oshirish orqali xodimlar va o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qildi.

MAVZUGA DOIR: Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vatanga qaytmay turish tavsiya etildi

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida profilaktika choralari va nazoratini kuchaytirish, ushbu masalada ogohlikni oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, mas’ullar ishtirokida ertalabki filtrni tashkil etish, maktabga kelmagan xodim va o‘quvchilarning ahvolidan xabar olish, o‘tkir respirator kasallik belgilari aniqlangan o‘quvchilarni zudlik bilan ota-onasi va hududiy oilaviy poliklinikaga xabar berish kabi qator vazifalar aniq belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu hujjatda dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlar hamda sport musobaqalarini zarurat bo‘lmasa o‘tkazmaslik, ayniqsa, chet el fuqarolari va xorij davlatlarida bo‘lib kelganlarning ta’lim muassasalariga ishga, ularning farzandlarini esa vaqtincha karantin davrida o‘rta maktabga qabul qilmaslik choralarini qat’iy ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar ham aks etgan.

Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, jumladan, ta’lim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning qo‘llarini tez-tez sovun bilan yuvish, aksa urganda, albatta, kaft bilan yopish va boshqa gigiyena qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, har tanaffus vaqtida sinfxonalarni shamollatish, muassasalarda kundalik tozalov ishlarida dezinfeksiya vositalaridan doimiy foydalanish choralarini ko‘rish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

MAVZUGA DOIR: Koronavirus xavfi tufayli Yaponiyada barcha maktablar yopiladi

Maktablarda sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha har bir ta’lim muassasaning rahbari shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi.

O‘zbekiston koronavirus sabab Seul, Tokio, Rim, Afg‘oniston va Eron bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан