Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist 100 yoshida vafot etdi
26.06.2021 17:04,  
136

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist Farida Usmonova vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lumot uchun, Farida Usmonova 1921 yil 23 yanvarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1957 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Taniqli jurnalist Farida Usmonova uzoq yillar davomida o‘zbek matbuotida mehnat qilgan. Uning «Bahor malikasi», «Inson qadri», «Mehri daryolar» singari risolalari e’lon qilingan. Adibaning «Dil faryodi» romani, «Qiz kelin» qissasi chop etilgan. «Sinov», «Ona bag‘ri» dramalari sahnalashtirilgan.

Farida Usmonova 2021 yilning 23 yanvar kuni 100 yoshni qarshilagandi. U kecha — 25 iyun kuni Prezident farmoni bilan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан