Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish portali joriy etiladi
25.04.2020 09:19,  
327

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan bildirilgan taklif asosida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihada yuqoridagi tashkilotlar tomonidan bildirilgan quyidagi takliflariga rozilik berilishi nazarda tutiladi:

  • a) yagona elektron chipta sotish portalini (YaEChSP) yaratish;
  • b) yagona elektron chipta sotish portalini tashkil etish va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini yaratish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
  • v) YaEChSPning yagona operatorini mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Yagona respublika protsessing markazi” MChJ Operatorning muassislari hisoblanadi hamda ustav kapitalida tegishli ravishda 49 va 51 foiz ulushlar bilan ishtirok etadi.

“Yagona elektron chipta sotish portali” MChJning ustav fondini shakllantirish manbalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Quyidagilar belgilanadi:

  • a) Chora-tadbirlar rejasini moliyalashtirish manbalari etib Operatorning mablag‘lari;
  • b) YaEChSP tizimning asosiy yo‘nalishlari etib:

O‘zbekiston Respublikasida elektron chipta sotish xizmatini ko‘rsatishning zamonaviy va samarali hisob-kitob tizimini yaratish, mamlakatning madaniy va turistik jozibadorligini oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, yo‘lovchi tashish sohasiga xorijiy yo‘lovchi tashuvchilarni jalb qilish va arzon narxlarda yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish;

joy yetishmasligini sun’iy vujudga keltirish ehtimolini bartaraf qilish;

elektron hujjatlarning to‘liq to‘plamini shakllantirish va elektron chiptalar joriy sotuvi to‘g‘risida soliq organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tegishli bo‘linmalari va vakolatli organlarga interaktiv rejimda ishonchli ma’lumotlar taqdim etish;

qarorda ko‘zda tutilgan tegishli tarmoqlarni bozor munosabatlari sharoitida elektron chipta sotish xizmatlarini yagona tizimga o‘tkazish;

yo‘lovchi tashish sohasi va qarorda ko‘zda tutilgan tegishli tarmoqlarni amaldagi xalqaro tizimlar bilan integratsiyalash;

o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar majmuyi va mazkur sohadagi normativ-huquqiy, texnik hujjatlarning yagona bazasini yaratish;

yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning daromadini oshirish transport sohasidagi va yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yo‘lovchi tashish xizmatlarini sotish tizimiga samarali joriy etish;

  • v) operatorning asosiy vazifalari:

jahon amaliyoti va zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda YaEChSP uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zavtovokzal servis” DUK va respublika hududidagi barcha avtovokzallar va yo‘lovchilar avtostansiyalari, ChOYaET, shuningdek, sport ob’yektlari va inshootlariga kirish singari xizmatlar ko‘rsatuvchilarning chipta sotish axborot tizimlarini EChSYaP bilan integratsiyalash (chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash mexanizmlarini ko‘zda tutgan holda);

YaEChSP tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash, uning uzluksiz ishlashi va rivojlantirilishini ta’minlash;

g) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zavtovokzal servis” DUK va yo‘lovchilar avtostansiyalari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Uzbekistan airways AJ chiptalarni bron qilish, sotish, va qaytarib olish, shuningdek, Operator bilan agentlik shartnomasini tuzishni ko‘zda tutgan holda barcha mavjud chipta sotish axborot tizimlarini YaEChSP bilan integratsiyalashni ta’minlash.

Operator chipta sotish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vositachilik haqini undirish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан