Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yagona virtual maktab platformasi yaratiladi
5.06.2020 18:29,  
186

Avval xabar qilganimizdek, Online-maktab loyihasini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va regulation.gov.uz saytiga muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida televizion videodarslar namoyish etilgan uchta telekanaldan “Online-maktab” loyihasini davom ettirish maqsadida foydalaniladi va yanada takomillashtiriladi.

Online-maktab loyihasi doirasida 2020 yil 1 avgustdan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun televizion videodarslarni tasvirga olishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida televizion videodarslar har o‘quv yili davomida efirda namoyish etib boriladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 sentyabrga qadar televizion videodarslardan foydalanishda o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida www.maktab.uz platformasi yaratiladi va umumta’lim muassasalar tizimida yagona markazlashgan virtual (onlayn) maktab sifatida tatbiq etiladi.

Maktab.uz platformasida o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadigan zamonaviy mexanizmlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

O‘quvchilarning bilim salohiyati, o‘zlashtirilmagan darslarni aniqlaydigan testlar ishlab chiqilib, ular asosida o‘quvchilarga yordamchi o‘quv darslarini, tematik o‘yinlarni tavsiya etadigan va ota-onalar hamda o‘qituvchilarga bolaning bilim olish jarayonidagi mavjud kamchiliklari haqida xabar beradigan tizim yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quvchilarning onlayn ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida tegishli telekanallar va maktab.uz portalida bolalar viktorinalarini tashkil etish taklif etilmoqda.

Maktab.uz portalini rivojlantirish maqsadida mazkur portalni mobil aloqa operatorlari tomonidan doimiy ravishda beg‘araz targ‘ibot ishlari (mijozlarga SMS xabarlar orqali va qo‘shimcha xizmat tariqasida) olib borish taklif etilmoqda.

O‘quvchilarni geografiya, texnologiya, fizika, kimyo, biologiya, zoologiya, jahon tarixi va boshqa fanlarga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Discovery, National Geographic va BBC kabi xorijiy media-korporatsiyalar bilan hamkorlikda, ularning hujjatli ilmiy-ma’rifiy filmlarini o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, Online-maktab kanallarida efirga uzatilishini hamda maktab.uz portaliga bosqichma-bosqich integratsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.

O‘quvchilarni yurtimiz tarixi, tarixiy obidalari, yer osti tabiiy boyliklari, ularning topilish tarixi va qayta ishlaydigan milliy zavodlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ular haqidagi zamonaviy hujjatli filmlarni ishlab chiqib, Online-maktab telekanallari orqali efirga uzatish ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан