Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
9.07.2020 16:51,  
787

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. (erkak)ni so‘nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan.

4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va “COVID-19” infeksiyasiga namuna olinib, infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so‘ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn rejimida konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. (ayol)ning joriy yilning 22 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan.

Bemor ahvoli og‘irlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan “COVID-19”ga namuna olingan va infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultatsiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 49 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 11 447 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 7 082 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан