Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etilishi kutilmoqda
18.06.2021 22:20,  
454

O‘zbekistonda Prezidentning tegishli qarori bilan Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi» manbasi xabar berdi.

Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanishi kutilmoqda.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni

65 nafardan iborat bo‘lishi mumkin.

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 145 nafar etib belgilanishi aytilmoqda.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Agentlik direktori va uning direktori o‘rinbosarlari turizm va sport vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан