Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir avtokonsern tashkil etiladi
15.01.2020 19:20,  
1741

Samarqanddagi JV Man Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi negizida yangi avtokompaniya UZ TRUCK AND BUS MOTORS qo‘shma korxonasi tashkil qilinadi.

Yangi kompaniyani tashkil etish to‘g‘risida O‘zavtosanoat Xitoyning Sinotruk Internatioanal Investment Limited hamda Germaniyaning Man Truck & Bus SE kompaniyalari bilan kelishuvga erishgan.

Xitoy tomoni JV Man Auto-Uzbekistan korxonasiga 12,1 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish yo‘li bilan kompaniya hissadorlaridan biri bo‘ladi.

Ushbu loyiha 100 dan ortiq ish o‘rni yaratishni ko‘zda tutib, ishlab chiqarish quvvatini yiliga 3 000 ta texnikadan 6 000 taga yetkazishni ko‘zda tutadi.

UZ TRUCK AND BUS MOTORS ishlab chiqaradigan yuk avtomobillari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga mo‘ljallab chiqariladi.

Bosh qarorgohi Szinan shahri (Xitoy)da joylashgan Sinotruk Group Xitoyning yirik og‘ir avtomobillar ishlab chiqaruvchi konsernlaridan biri. Yillik tovar aylanmasi 15,7 milliard dollarni tashkil qiladi. Xitoyda 20 dan ortiq, dunyo bo‘ylab 8 ta mashina yig‘ish zavodlari mavjud.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан