Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
25.06.2020 12:46,  
822

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyat Denov shahrida vafot etgan bir nafar bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Denov shahrida yashagan, 1961 yilda tug‘ilgan marhum bemor B.X. so‘nggi 5 yildan buyon ikki tomonlama o‘pkaning o‘tkir bronxopnevmoniyasi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shu yilning 19 iyun kuni bemor (ayol) murojaatiga ko‘ra, olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam mashinasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada bemorga “Ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya. O‘tkir yurak va o‘pka yetishmovchiligi og‘ir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon” tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, bemorda “O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali piyelonefrit, kamqonlikning o‘rta og‘ir darajasi” yondosh kasalliklar tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemorga ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Respublika sanitariya-epidemilogik osoyishtaligi agentligining  maxsus referens laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, marhumdan olingan namunada  koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. U bilan muloqotda bo‘lgan oila a’zolari, yaqinlari va boshqa fuqarolar qat’iy karantinga olingan bo‘lib, ushbu holat yuzasidan epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан