Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir harbiy poligon ochildi (foto)
3.07.2020 17:55,  
684

Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Sazagan» dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Yangidan barpo etilgan ushbu dala o‘quv maydonining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Samarqand viloyati viloyat hokimi – harbiy-ma’muriy sektori rahbari Erkinjon Turdimov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ochilishda «Sazagan» dala o‘quv maydonining qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda quruvchi-pudratchi tashkilot vakillari Mudofaa vazirligi va Samarqand viloyati viloyat hokimi – harbiy-ma’muriy sektori rahbari tomonidan rag‘batlantirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

"Dala o‘quv maydoni chinakam ma’noda askar akademiyasidir. Chunki dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchi nazariy bilimlarini amalda qo‘llaydi. Shu bois Vatan himoyachilarining ham ma’nan, ham ruhan, ham jangovar tayyorgarligini oshirishda dala o‘quv maydoni muhim o‘rin tutadi.

Mehmonlar dala o‘quv maydonini kuzatish davomida Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari tomonidan yaratilgan qo‘shinlar jangovar shayligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalar bilan tanishishdi.

Samarali ko‘rsatkichga ega ishlanmalar esa O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan munosib rag‘batlantirildi" - deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, «Sazagan» dala o‘quv maydonida zamon talablariga to‘la-to‘kis javob bera oladigan 30 ga yaqin o‘quv nuqtalarda barcha turdagi jangovar texnika va qurollardan foydalangan holda ko‘rgazmali jangovar o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilib, tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан