Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir soha xodimlariga OTMga kirishda imtiyoz beriladi
9.01.2021 12:21,  
671

O‘zbekistonda mahalla xodimlariga oliy ta’lim muassasasiga kirishda imtiyoz beriladi. 

«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida «5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Mazkur sirtqi ta’lim shakli doirasida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi. Bunda tasviyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Tavsiyanoma, jumladan, egallab turgan lavozimida so‘nggi bir yil davomida faoliyat yuritayotgan hamda tizimda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан