Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana bir yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi
26.06.2020 09:35,  
219

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Shuningdek, Farmon bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi (Markaz) Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi.

“Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. 

Farmon bilan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etildi.

Ko‘krak  nishoni inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladi.

Shuningdek, har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi o‘tkaziladi.

Markaz xodimlarining lavozim maoshiga:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 30 foizigacha;
- fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан