Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana karantin kuchaytirilishi mumkin. Agarda...
31.01.2021 20:06,  
1388

Agar o‘zbekistonliklar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilmasa, mamlakatda karantinni kuchaytirish choralari ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev  «O‘zbekiston 24» telekanali efirida ma’lum qilgan.

« - Koronavirusga qarshi kurash davom etmoqda, yangi kasallanish holatlari, yangi shtammlar paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun men O‘zbekiston aholisini joriy etilgan cheklovlar — niqob taqish, masofa saqlash, antiseptiklardan foydalanishga rioya qilishga chaqirmoqchiman», — degan u «O‘zbekiston 24» telekanali efirida.

Uning aytishicha, koronavirusning barcha yangi turlari chetdan kirib kelmoqda.

«Respublika fuqarolariga murojaat qilib, ulardan zarurat bo‘lmasa, koronavirusning yangi turlari aniqlangan mamlakatlarga sayohatga bormasliklarini so‘rayman. Agar respublikada joriy qilingan cheklov choralariga birgalikda amal qilmasak, zaruratsiz boshqa davlatlarga chiqsak, karantin choralari kuchaytirilishi va O‘zbekistonda aviaqatnovlarga cheklovlar qo‘yilishi mumkin», — dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан