Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarildi
27.12.2021 15:45,  
76

O‘zbekistonda 27 dekabrdan boshlab yangi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi.

Dekabr boshida O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar chiqarilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 16 dekabr kuni Markaziy bank yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotalar dizaynini e’lon qildi. O‘shanda yangi banknotlar 22 dekabrdan muomalaga chiqishi ma’lum qilingandi.

Biroq 17 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi 50 ming so‘mlik banknota dizaynida xatolikka yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi va Markaziy bank xatolikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Ya’ni banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilgan, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 100 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupyura 2019 yil 25 fevraldan muomalaga chiqarilgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан