Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Yangi yil bayramida barcha xodimlar 5 kun dam olishi mumkin
13.12.2021 15:06,  
242

2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022 yil 3 yanvar — dushanba, 4 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Hujjat qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.

Xususan:

2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021-yil 10 maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);

2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;

2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан