Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yanvar oyidan boshlab 300 dan ortiq turdagi tovarlar importiga boj solinadi
11.10.2019 12:56,  
1312

2020 yil 1 yanvardan boshlab hozirda nol stavkada bo‘lgan 300 dan ortiq turdagi tovarlar olib kirilishiga boj joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2 oktyabrdagi qarorida so‘z boradi.

Ushbu tovarlar qatoridan, antikvarlar, velosipedlar, tirik baliq, dengiz mahsulotlari, asbest, metall tola, quyma shisha, prujinalar, mis sim va boshqa ko‘plab mahsulotlar o‘rin olgan. Ularni olib kirish uchun 5 foiz va undan yuqori qiymatda boj to‘lash lozim.

Joriy yil boshidan buyon bir necha yuz tovarlarga nol stavkada bojxona boji belgilangan edi. Oradan bir necha oy o‘tgach, bu ko‘pchilikka yoqmagani ma’lum bo‘lgandi.

Masalan, iyun oyida bir nechta kompaniya boj stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan edi. «Har qanday davlatning muvozanatli iqtisodiyoti mahalliy ishlab chiqaruvchilarning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashishi uchun shart-sharoitlar yaratishga asoslangan» degan fikrlar bildirilgandi.

«Biz ham Italiyadagi kabi pishloqlarni ishlab chiqara olamiz. Ammo hozirda importning katta hajmi bizning bozordagi o‘rnimizni egallamoqda. Biz bu muammoni befarq qoldirmasligimiz kerak. O‘zimizga ishonishimiz lozim. Ko‘proq mahalliy mahsulotlarga e’tibor qaratish kerak», — deydi tadbirkorlardan biri.

Iyul oyida bojlar vaqtincha ko‘tarilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi:

Birinchi navbatda bozorni qanday himoya qilishimiz borasida aniq to‘xtamga kelishimiz kerak. 7000 ta tovardan iborat oddiy ro‘yxat bor. Biz ikki-uch yil o‘zimiznikilarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi

Bir qator tadbirkorlar tayyor tovarlar importiga vaqtincha bojxona bojini joriy etish tashabbusi bilan chiqqandi. Gap 1 yanvardan boshlab nol stavkada kirib kelayotgan mahsulotlar haqida borgan. Ularga 10—20 foiz boj joriy etish taklif etilgan.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligining ta’kidlashicha, ushbu bosqichda yangi bojxona tariflarining o‘rnatilishi yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, importni optimallashtirish va savdo bo‘yicha manfaatli ikki tomonlama bitimlar tuzish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан