Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yashayapman, o‘zbekcha gapiryapman — Ortiqxo‘jayev ruscha gapirishini so‘ragan fuqaroga javob qaytardi
14.02.2021 08:41,  
2751
 
Avvalroq, «Moviy gumbazlar» restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jamoatchilik vakillari bilan O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab «Istiqlol» majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi haqida xabar bergan edik.

Unda hokim STELLA haqida ma’lumot berib, xiyobonda bironta ham daraxt kesilmasligi hamda piyodalar, velosipedlar yo‘laklari qurilishini aytar ekan, yig‘ilganlar orasidan kimdir baland ovozda ruscha gapirishini so‘radi.

«O‘zbekcha gapiryapman, O‘zbekistonda yashayapman, o‘zbekcha gapiryapman. Xohlasangiz «perevodchik» oling yoningizga», deb javob qaytardi u.

«Bu yerda men yana qaytarib aytaman, tushunishni xohlayotganlar bor, xohlamayotganlar bor. Men ko‘rib turibman, umuman hech narsadan rozi bo‘lmayapti. Qayerdan nima qilyapti, nima bo‘lyapti? O‘zi umrida kelganmi bu parkka?

Bu parkni meni ham saqlab qolish niyatim bor. Tushuntira oldimmi? Bu parkni 10 yil 5 yil uchun emas, 100 yillab saqlab qolish niyatim bor. Bu yerga hech kim tegolmasligini xohlayman. Tegolmasligi uchun bu yerga imzo qo‘yib ketish kerak
», dedi hokim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан