Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yildan-yilga suv tanqisligi va sug‘orish xarajatlar oshib bormoqda
17.09.2020 10:24,  
214

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 sentyabr kuni suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mintaqamizda suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda, misol uchun, O‘zbekistonda suv hajmi 12 foizga, o‘tgan yilgiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan.

Paxta va g‘alla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham ko‘p. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat energiya va 2,4 trillion so‘m byudjet mablag‘lari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun byudjetdan o‘rtacha 800 ming so‘m xarajat qilinyapti. Egatlab sug‘orish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard kub metr yëki 20 foiz suv dalada behuda sarflanmoqda.

Bunday sharoitda suvni tejash va hisobini yuritish har doimgidan ham dolzarb masalaga aylandi. O‘tgan ikki yilda Prezident va hukumatning shu sohaga doir 11 ta qarori qabul qilinib, hamma sharoit yaratib berildi.

Lekin, yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bajarilgan ishlar imkoniyat darajasida emas. Masalan, shu paytgacha 285 ming gektar, ya’ni bor-yo‘g‘i 7 foiz yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Bu borada, ayniqsa, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida qoloqlik bor. Furqat, Bo‘ka, Chinoz, Sardoba, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Kasbi, Qiziriq, Muzrabot tumanlarida suv tejovchi birorta ham loyiha tatbiq qilinmagan.

Shu bois videoselektorda suv xo‘jaligidagi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlar kesimida tanqidiy tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar muhokama etildi. Kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni 600 ming gektarga yetkazish reja qilib qo‘yildi. Buning uchun davlat byudjetidan zarur mablag‘ yo‘naltirish, tashabbuskorlar xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya berish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari resurslarini jalb qilib, salohiyatli fermer xo‘jaliklari va klasterlarga tijorat banklari orqali kredit ajratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан