Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yog‘, go‘sht va kartoshka importiga berilgan soliq imtiyozi muddati uzaytiriladi
11.01.2022 18:25,  
99

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 30 aprelida Shavkat Mirziyoyev Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Hujjatda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

Natijada O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish, o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

2021 yilning dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ushbu imtiyozlar muddati yana 4 oyga uzaytirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан