Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda zararli organizmlardan xoli hududlar belgilanadi
18.11.2020 11:59,  
148

Hujjat «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunga muvofiq qabul qilingan.
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi mexanizmlar belgilandi:

eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya xavfini boshqarish;

O‘zbekistonda zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlarni belgilash;

xorijiy mamlakatlardagi toza hududlar hamda kam zararlangan hududlarni tan olish.
 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga quyidagi vazifalar topshirildi:

aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari orasida muntazam ravishda o‘simliklar karantini tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;

Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati OAVda keng yoritilishini ta’minlash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.
 
Shuningdek hujjat bilan O‘simliklar karantini ob’yektini yo‘q qilish va uning o‘chog‘ini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu dasturning amalga oshirilishi hududlarga zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hudud yoki zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hudud maqomini belgilash uchun imkoniyat yaratadi.
 
Hujjat 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан