Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ZF 2001 vaksinasi sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngillilar haqida ma’lumot berildi
6.01.2021 21:35,  
249

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilmoqda

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. 2020 yil 10 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichiga start berildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi. 05.01.2021 holatiga koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1188 kishini tashkil etdi. Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga plasebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki plasebo olganini bilmaydi. 5 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 88 nafar ko‘ngillini tashkil etdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан