Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi 10 ta OTM dunyoning yetakchi universitetlari reytingiga kirish uchun tanlab olindi
8.09.2021 16:21,  
355
Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan tuzilgan dunyoning yetakchi universitetlari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Ilk bor reytingga ­reporter maqomidagi universitetlar kiritilgan bo‘lib, ular agentlikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan ta’lim muassasalari ichidan tanlab olingan. Bu ro‘yxatdagi 450 ta universitet o‘rinlar bo‘yicha emas, alifbo tartibida ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatdan O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi joy olgan:
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent davlat yuridik universiteti;
– Toshkent moliya universiteti;
– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
– Toshkent farmatsevtika instituti;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
– Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
– Urganch davlat universiteti.

Reporter maqomidagi universitetlar dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari ro‘yxati uchun nomzod sifatida tanlab olingan. Agentlik ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан