Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi ayrim davlat tashkilotlarida mingdan ziyod shtat birliklari qisqartiriladi
30.06.2021 09:42,  
1633

«Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarida 2021 yil 1 oktyabrdan jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.

Bo‘shatilayotgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar ushbu elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma tarzida tashkil etiladi va ularga bo‘ysunadi.

Markazlar xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi beriladi.

Markazlar xodimi sifatida kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs:

litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etish;

notarial idorada 6 oy muddat stajirovka o‘tab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlarning Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, Markazlar boshqa yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан