Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi barcha masjidlarda karantindan so‘ng ilk jamoat namozi o‘qildi ​(video+fotojamlanma)
17.08.2020 10:17,  
345

Bugun erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab mo‘min-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini o‘qish uchun iymon va ixlos bilan, katta entikish va cheksiz xursandchilik tuyg‘usi bilan jome masjidlarga oshiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabar berdi.

"Namozxonlarimiz ongli ravishda o‘zaro masofani saqlash, niqoblarni to‘liq taqish, qo‘llariga maxsus suyuqlikni surish, maxsus dezinfeksiyalovchi qurilmadan o‘tish kabi karantin qoidalariga to‘liq amal qilib, jamoat namozida hozir bo‘lishdi.

Qariyb 5 oydan ortiq vaqt mobaynida namozxonlar jamoat namozini intiqlik bilan kutishgan edi. Shu bois sog‘ingan qalblar masjidlarda taskin, halovat topdi, imom-xatib, qorilarimizning bir-biridan ajoyib Qur’on tilovatiga some bo‘lishdi, bomdod namozini jamoat ixlos bilan ado etishdi" - deyiladi xabarda.

Jamoat namozlari juda fayzli o‘tdi. Namozdan so‘ng imom domlalarimiz jamoat bilan birga Alloh taologa ko‘p-ko‘p hamdlar, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga davomli salovotlar aytishdi, Yurtboshimiz boshchiligidagi rahbarlarimiz, xalqimiz haqiga duoi xayrlar qilishdi, yurtimiz va butun dunyodan kasalliklarni ko‘tarishi so‘rab iltijolar qilishdi.

Namangan viloyatidagi masjidlarda bugundan boshlab jamoat bo‘lib namoz o‘qish boshlandi


Viloyatdagi 187 ta masjidda buning uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Ularning barchasi dezinfeksion to‘shaklar, tana haroratini o‘lchaydigan qurilmalar, antiseptik vositalar bilan ta’minlandi. Masjidlarda ijtimoiy masofalanishga (1,5-2 metr) imkon beruvchi ajratuvchi chiziqlar tortildi.

Namozxonlar ibodatga tibbiy niqobda kelishiga e’tibor qaratildi. Buni yodidan chiqarganlar uchun esa niqob berilishi yo‘lga qo‘yildi.

  • Oradan 5 oy vaqt o‘tib masjidimizda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga kirishildi. Buning nechog‘li ulug‘ ne’mat ekanligini o‘tgan muddat mobaynida juda yaxshi anglab yetdik. Shukronasi uchun xatmi Qur’onlar ado etilib, duolarimizda yurtda tinchlik-omonlik hukmron bo‘lishi, virus tahdidi tez orada chekinishi so‘raldi, — deydi Namangan shahridagi «Shayx Eshon» jome masjidi imom-xatibi Fathiddin Oxunov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан