Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi barcha massaj salonlari va diskotekalar yopildi
19.03.2020 15:43,  
355

2020 yil 19 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda 2020 yil 19 martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab:

  • - massaj salonlari
  • - diskotekalar, diskobarlar
  • - bolalar o‘yin zallari faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi.

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub’yektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini hamda aholiga o‘z-o‘zini himoya qilish uchun karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qildi.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан