Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi barcha shaharlarning bosh rejalari uzog‘i 4 yil ichida tasdiqlanadi
28.11.2020 08:20,  
268

Shaharlarning o‘ziga xos muhiti va arxitekturasidan kelib chiqib, «dizayn-kod» ishlab chiqiladi.

Prezident farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaga asosan, 2025 yilga borib O‘zbekiston shaharlarining barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olish belgilandi.

Bosh rejalarni tasdiqlashda jamoatchilik fikri inobatga olinishi belgilab qo‘yildi.

2022 yil 1 iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy «dizayn-kod» ishlab chiqilib, joriy etiladi.

Strategiyaning 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlariga quyidagilar ham kiradi:

  • O‘zbekistonning geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda, 2025 yilga borib, milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning «hajm» uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish ob’yektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
  • «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha 4ta elektron platforma yaratilishini, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
  • «Biznes yuritish» xalqaro indeksida (Doing Business Index) «qurilishga ruxsatnomalar olish» (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
  • Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi OTMlari ro‘yxatiga (TOP–1000) kirishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан