Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablari maxsus internet tarifiga ulanmoqda
19.02.2021 10:14,  
229

Hozirda O‘zbekistondagi 10 008 ta maktabdan 5000 ga yaqin umumta’lim maktablari «O‘zbektelekom» tomonidan maxsus ishlab chiqilgan «Education» tarif rejasiga ulandi. Keng polosali internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bo‘lgan qolgan maktablarni ham ushbu tarifga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda  Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qildi.

Tarif bo‘yicha quvvati 500 o‘quvchi o‘rnidan kam bo‘lgan maktablar uchun internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s, 501 dan 1 000 gacha – 40 Mbit/s, 1 000 va undan yuqori o‘quvchi o‘rinli maktablar, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar – 100 Mbit/s tezlikda ulanish ko‘zda tutilgan. «Tas-IX» tarmoqlariga ulanish tezligi barcha «Edusation» tariflarida 100 Mbit/s.ni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан