Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi birinchi ŠKODA oktyabr oyida taqdim etiladi
10.10.2020 14:12,  
1362

2020 yil oktyabr oyida “Jizzax avto” MChJ “Folksvagen” konserniga tegishli ŠKODA brendini taqdim etadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat”  xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ŠKODA brendining ilk avtomobili 2021 model yiliga mansub, ŠKODA KODIAQ to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasi bo‘ladi, u ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Mahalliy bozor uchun ushbu model sig‘imi 2,0 litrlik, quvvati 180 ot kuchiga ega bo‘lgan turbo dvigatel, yetti bosqichli robotlashtirilgan, eng so‘nggi avlod DSG qutisi, to‘liq uzatma va panorama lyuk bilan taqdim etiladi.

“O‘zbekiston avtomobil sanoatining monobrend paradigmasidan jadal chetlanishi, shuningdek buni bozor omillari taqozo qilganligi yaxshi yangilik sanaladi. Amalda hozirning o‘zida xaridorlarimiz bir necha global brendlardan birini tanlashlari mumkin. Sifat va xavfsizlik yuzasidan o‘zlarini dunyoda namoyon eta olgan ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi butun tarmoq uchun faqat foyda keltiradi. ŠKODAning debyut modeli xavfsizlik sohasida ekspertlarning maksimal bahosini olgan: European New Car Assessment Programme mustaqil sinovlar natijalariga ko‘ra, ushbu yo‘ltanlamasga eng yuqori reyting – besh yulduz berilgan» deb qayd etdi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sardor Tadjiyev.     

Avtomobillar narxlari oktyabr oyida e’lon qilinadi, shunda avtomobil qiymatining bir qismini to‘lab, oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Dastlabki avtomobillarning yetkazib berilishi joriy yilning noyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан