Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi birja savdolarida benzin narxi yana tushdi
19.11.2021 08:15,  
573

O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi 17 noyabr kuni tushishni boshlagani haqida xabar berilgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ushbu tendensiya 18 noyabr kungi savdolarda ham davom etgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tonna Ai-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3339,7 tonnasi yoki 75 foizi sotilgan.

Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming 500 so‘mgacha, 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib 9 foizga arzonlashgan.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagilarni tashkil etdi:

  • Farg‘ona NQIZ – 17 foiz;
  • «Sanoat energetika guruhi» MChJ QK – 16 foiz;
  • Buxoro NQIZ (mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan) – 8 foiz;
  • Buxoro NQIZ (import xom ashyodan ishlab chiqarilgan) – 0,2 foiz;

Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан