Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat soliq qo‘mitasi rahbari oziq-ovqat mahsulotlarida tanqislik bo‘lmasligiga va’da berdi
15.03.2020 21:27,  
271

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev karantin vaqtida O‘zbekistonda bozorlar yopilmasligini ma’lum qildi.

“Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O‘tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta’sir qildimi? Hech qanday ta’sir bo‘lgani yo‘q. Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi. Shukrona qilib aytishimiz kerak, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini-o‘zini ta’minlay oladigan mamlakat. Go‘sht mahsuloti bo‘ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do‘koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to‘kin-sochin“, — degan Musayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан