Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekistondagi chang bo‘ronlar keng ko‘lamli qurilishlar bilan bog‘liq emas" – Ekologiya qo‘mitasi
3.12.2021 20:09,  
92

O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang, qumli bo‘ron va atmosfera muhofazasi masalasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov izoh berdi.

"O‘zbekistonda 150 yil davomida birinchi marta kuzatilgan chang, qumli bo‘ronni dastavval ko‘pchilik qurilish maydonlari sababli deb o‘ylashdi. Bu cho‘ldagi qumlarning shamol orqali kirib kelishi hisoblanadi. O‘zbekistonda kuzatilgan chang, qumli bo‘ron qurilishlar bilan bog‘liq emas. Bunday chang bo‘ron bo‘lishi uchun Toshkent shahrining barcha joylari qurilish maydoniga aylanib ketgan bo‘lishi kerak edi", - dedi Aziz Kalimbetov.

Dov-daraxtlar O‘zbekiston bo‘yicha 8%ni tashkil etadi. Jahon standartiga ko‘ra esa ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar 30% darajada bo‘lishi lozim.

2021/2023 yillarda chang va gaz uskunalarini yangilash bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan va ishlar boshlangan.

Hozirda 6,5 mingga yaqin chang va gaz uskunlarining 60 foizdan ortig‘i yaroqsiz, so‘nggi 10 yilda modernizatsiya qilinmagan, deya qo‘sho‘imcha qildi Kalimbetov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан