Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalarining qabul imtihonlariga o‘zgartirish kiritildi
4.08.2020 16:02,  
249

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalarining qabul imtihonlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida o‘zgartirish kiritildi.

Oliy diniy ta’lim muassasalarida quyidagicha qabul imtihonlari o‘tkaziladi:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida.

  • 1-blok «Fiqh va aqoid» fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
  • 2-blok «O‘zbekiston tarixi» fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Hadis ilmi maktabida.

  • 1-blok «Hadis va mustalahul hadis» ijodiy imtihon, jami 96 ball;
  • 2-blok «O‘zbekiston tarixi» fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Oliy diniy ta’lim muassasalarining qabul imtihonlari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin tartiblari yumshatilgandan so‘ng sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Davlat test markazi tomonidan katta sig‘imli binolarda o‘tkazish amaliyoti joriy qilingan.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun ham qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Test sinovlari Davlat test markazi bayonotida aytib o‘tilganidek, katta sig‘imli binolarda videokuzatuv ostida onlayn translyasiya qilingan holda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан